11:16 / 19.12.2023
217

Yevropa Ittifoqi Putinning jiyani va Medvedevning o‘g‘liga qarshi sanksiyalar kiritdi

Yevropa Ittifoqi Putinning jiyani va Medvedevning o‘g‘liga qarshi sanksiyalar kiritdi

Foto: Censor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi o‘n ikkinchi sanksiyalar paketi doirasida 61 nafar jismoniy shaxs va 86 ta tashkilotga nisbatan shaxsiy cheklovlar joriy qildi. Ularning ro‘yxati Yevropa Ittifoqi rasmiy jurnalida chop etildi.

YEI “qora ro‘yxati”ga tushgan shaxslar orasida Rossiya sobiq prezidenti va amaldagi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning o‘g‘li Ilya, Kuzbass gubernatorining rafiqasi va Vladimir Putinning jiyani Anna Sivileva, Moskva shahar dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov, Rosfinmonitoring rahbari Yuriy Chixanchin ham bor. “Uralvagonzavod” direktori Aleksandr Potapov, Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov, shuningdek, Rossiya Markaziy saylov komissiyasining 14 a’zosi bor.

Yuridik shaxslarning qora ro‘yxatiga “Sarigrad” va “Spas” telekanallari, “Alfastraxovaniye” guruhi va “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi kiritilgan.

Yevropa Ittifoqining 12-sanksiyalar paketi Rossiya olmoslarini olib kirishni taqiqlash, shuningdek kimyoviy moddalar, termostatlar va lityum batareyalarni eksport qilishni taqiqlash, uchinchi mamlakatlarga sotilgan “sezgir tovarlar va texnologiyalarni” Rossiyaga reyeksport qilishni taqiqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo