08:44 / 22.12.2023
70

YUNISEF 2023 yil fotosuratini e’lon qildi

YUNISEF 2023 yil fotosuratini e’lon qildi

Foto: Reuters

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) 2023 yilgi fotosuratlar tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Birinchi mukofot polshalik fotosuratchi Patrik Yarachning dron urilganidan so‘ng Rovne viloyatidagi neft bazasi yonayotgani fonida dalada o‘ynab yurgan ukrainalik bolalar tasvirlangan suratga berildi. Fotosurat «global urushlar, mojarolar va ofatlar zulmatini yorib o‘tayotgan bolalarning qarshilik kuchi va quvonchi nurini ifodalaydi», — deyiladi YUNISЕFning 21 dekabr, payshanba kuni matbuot bayonotida.

YUNISЕF homiysi, Germaniya prezidentining rafiqasi Elke Byudenbender so‘zlariga ko‘ra, ushbu suratdagi besh yoshli Alina va uning do‘stlari kabi bolalar «umid bag‘ishlaydi va kelajakka optimistik qarashga imkon beradi». Tashkilotning ta’kidlashicha, suratda «Ukrainadagi urush qora bulutlari orasida bir lahzalik yengillik» aks etgan.

Ikkinchi va uchinchi mukofotlar: Afg‘oniston va Yoqutistondan reportajlar

Ikkinchi o‘rinni nemis fotografi Olivar Vaykenning Afg‘onistondagi bolalar mehnati haqidagi reportajidan surati oldi. YUNISЕF ma’lumotlariga ko‘ra, Vayken o‘ta xavfli sharoitda Chinarak konida ko‘mir qazib yurgan o‘g‘il bolalarning kundalik hayotini hujjatlashtirgan.

Uchinchi o‘rinni Rossiyada tug‘ilgan va Fransiyada yashovchi Natalya Saprunovaning Yoqutistondagi bolaligi haqidagi fotoreportaji egalladi.

«YUNISEFning yil fotosuratlari bizni butun dunyo bo‘ylab qizlar va o‘g‘il bolalar uchun hayot haqiqati bilan tanishtiradi», - deydi YUNISЕF hakamlar hay’ati a’zosi Piter-Mattias Gede . Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fotosuratlarda «bolalar tuzilmaviy zo‘ravonlik, qashshoqlik va qonunsizlik qurboni ekani» aks etgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YUNISEF 2023 yil fotosuratini e’lon qildi