14:17 / 24.12.2023
880

Rossiya prezidentligi uchun Toshkentda tug‘ilgan siyosatchi o‘z nomzodini qo‘ydi

Rossiya prezidentligi uchun Toshkentda tug‘ilgan siyosatchi o‘z nomzodini qo‘ydi

Foto: Telegram / Nadejdin

Rossiya prezidentligi uchun Toshkentda tug‘ilgan 60 yoshli deputat Boris Nadejdin o‘z nomzodini qo‘ydi.

Boris Nadejdin 23 dekabr kuni “Fuqarolik tashabbusi” partiyasi a’zosiga aylandi va Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda nomzod sifatida qatnashish uchun ariza berdi.

Men ushbu saylovlar yakunigacha tirik qolishga, qamoqqa olinmaslikka va meni xorijlik agent deb e’lon qilmasliklariga umid qilib qolaman”, — degan u nomzod sifatida o‘zining ilk intervyusida.

Boris Nadejdin 1963 yilda Toshkentda tug‘ilgan va keyinchalik 1969 yilda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.

Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 15–17 mart kunlari (uch kun) bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin ham o‘z nomzodini qo‘yishini aytgan.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlik saylovlari uchun federal budjetdan 33 milliard 233,8 million rubl (367 million 743 ming dollar) tushgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo