date
views 285

Kuala-Lumpur O‘zbekiston fuqarolarini Malayziyada qonuniy ish bilan ta’minlamoqchi

Kuala-Lumpur O‘zbekiston fuqarolarini Malayziyada qonuniy ish bilan ta’minlamoqchi

Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi xodimlari ushbu mamlakatning Language Talent Solutions rekruting kompaniyasi direktori Jinder Kaur Sidxu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, suhbat davomida Malayziyada mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qonuniy asosda Kuala-Lumpur shahrida munosib ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirgi kungacha mazkur kompaniya Vetnam, Janubiy Koreya, Indoneziya, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand Filippin, Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlardan kelgan 700 nafardan ortiq fuqarolarni mahalliy korxonalarda mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilgan. Shuningdek, joriy yilda bir qator O‘zbekiston fuqarolari ham Malayziyada ish joyi bilan ta’minlangan.

Uchrashuv yakunida Malayziyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlash, ularga tegishli ruxsatnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va munosib ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuala-Lumpur O‘zbekiston fuqarolarini Malayziyada qonuniy ish bilan ta’minlamoqchi