Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, me’morchilik va bog‘dorchilik san’ati durdonalari sifatida tan olingan.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Tanishuv chog‘ida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to‘plamlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi. Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga mumtoz musiqa konserti va xalq og‘zaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar