10:13 / 27.12.2023
88

Isroil mudofaa xarajatlarini 8,3 mlrd dollargacha oshirmoqchi

Isroil mudofaa xarajatlarini 8,3 mlrd dollargacha oshirmoqchi

Foto: Google Images

Isroil HAMAS harakati bilan davom etayotgan mojaro tufayli 2024 yilda milliy mudofaa xarajatlarini 30 milliard shekel (8,3 milliard dollar)ga oshirish niyatida.

Xabar qilinishicha, Isroilning shimol va janubdagi chegara hududlaridan 120 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilish hamda vayron bo‘lgan hududlarni tiklash uchun mablag‘ kerak bo‘ladi.

Avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi G‘azo sektoridagi urush “yana ko‘p oylar” davom etishi haqida aytib o‘tgandi.

Ushbu urush murakkab maqsadlarga ega, u qiyin hududda olib borilmoqda. Shuning uchun urush yana bir necha oy davom etadi. Biz hozir G‘azo sektorining janubida, jumladan, Xon Yunisda kuchlarimizni jamlamoqdamiz. G‘azo sektorining shimolidagi yutuqlarimizni ko‘paytirishda davom etamiz”, — dedi Halevi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo