Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga Respublikachilar partiyasining Men shtatida bo‘lib o‘tadigan praymerizida prezidentlikka nomzodini qo‘yish taqiqlandi. Men shtati davlat kotibi Shanna Bellouz tomonidan qabul qilingan ushbu qaror 29 dekabr, juma kuni shtat davlat kotibi departamentining rasmiy saytida e’lon qilindi. Bellouz qarori AQSH Konstitutsiyasiga isyonda qatnashgan shaxslarning fuqarolik yoki harbiy davlat lavozimlarini egallashini taqiqlovchi 14-tuzatishiga asoslangan. Tramp o‘z tarafdorlarining 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishiga sabab bo‘lgan harakatlarini qo‘zg‘atganlikda ayblanmoqda.
«Janob Tramp zo‘ravonlik ehtimolini tushungan va boshida uni qo‘llashni qo‘llab-quvvatlagan, chunki uni nafaqat bunga undovchi ritorika bilan rag‘batlantirdi, balki to‘xtatish uchun o‘z vaqtida chora ko‘rmadi», deb tushuntirdi Men davlat kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning «aksiya qatnashchilaridan o‘zini tinch tutishga doir so‘rovlari» uning «demokratik saylovlarni to‘xtatish bo‘yicha bir necha oylik harakatlari»ni bekor qilmaydi.
Donald Tramp saylovoldi shtabi matbuot kotibi Stiven Chjan AQSH sobiq prezidenti tarafdorlari Bellouzning «dahshatli» qaroriga sudda e’tiroz bildirishini aytgan. Avvalroq Tramp Bellouzdan uning praymerizlarini ko‘rib chiqishda qatnashmaslikni talab qilgandi, chunki u - Demokratik partiyadan sobiq shtat senatori bo‘lgan va 2021 yil 6 yanvardagi voqealarni ochiqchasiga isyon deb atagan, bu esa uni, Oq uy sobiq rahbari fikricha, noxolis pozitsiyani egallashga undaydi.
Men Trampga saylovda ishtirok etishiga ruxsat bermagan ikkinchi shtatga aylandi
19 dekabr kuni Kolorado Oliy sudi Donald Trampga shtatda Respublikachilar partiyasidan bo‘lib o‘tadigan praymeriz saylovida prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taqiqladi. Sudyalarning qarori, xuddi Mendagi kabi, AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatishga asoslangan.
Trampga qarshi xuddi shunday da’volar yana bir qancha shtatlarda ham ochilgan. Noyabr oyida Minnesota Oliy sudi sobiq prezidentning saylovda qatnashishini taqiqlashdan bosh tortdi, Michigan shtatida esa sud Oq uy sobiq rahbari saylov byulletenida qolish-qolmasligini sud tizimi emas, Kongress hal qilishi kerak, degan qarorga keldi.
AQSH sobiq prezidenti Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligini rad etyapti.
Tramp sud ishlariga qaramay nomzodini qo‘ymoqchi
Donald Trampga qarshi allaqachon to‘rtta jinoiy ish ochilgan. Unga barcha ishlar bo‘yicha jami 91 ta ayblov qo‘yilgan, u o‘z aybini tan olmayapti. Gap Jorjiyadagi saylovlardagi qonunbuzarliklar, maxfiy hujjatlar bilan noqonuniy ishlash, saylovda soxtalashtirishga urinish va prezidentlik kampaniyasi uchun yig‘ilgan mablag‘larning noqonuniy sarflanishi haqida bormoqda.
Bundan tashqari, AQSH sobiq prezidenti qator sud jarayonlarida ishtirok etmoqda, ulardan biri - kreditlar bo‘yicha imtiyozli shartlarni olishdagi firibgarlik. Biroq, hatto Trampning ushbu holatlar birortasi bo‘yicha aybdor deb topilishi ham uni nomzodlik huquqidan mahrum qilmaydi. Shu bilan birga, u Respublikachilar partiyasidan saylovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida favorit bo‘lib qolmoqda, ayni paytda AQSH amaldagi prezidenti Jo Baydenning reytingi so‘nggi oylarda Isroil - HAMAS urushi fonida pasayib bormoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi