Foto: Reuters
Ukrainada, ochiq manbalarning tasdiqlangan ma’lumotlariga ko‘ra, 29 dekabr, juma kuni holatiga 40 599 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. «Mediazona» va VVS rus xizmati jurnalistlari ko‘ngillilar guruhi bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri rus armiyasining yo‘qotishlarini sanamoqda. Ushbu ma’lumotlar faqat qarindoshlar, mansabdor shaxslar, ommaviy axborot vositalari yoki qabristonlardan olingan fotosuratlar tomonidan tasdiqlangan yo‘qotishlarni hisobga oladi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, birgina so‘nggi ikki hafta ichida 1175 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan, jumladan, besh nafar katta ofitser: podpolkovniklar Nikolay Komarov, Dmitriy Katsuba, Robert Mirzoyev, Aleksey Permyakov va polkovnik Andrey Melnikov. 29 dekabr holatiga ko‘ra, Ukrainada 4915 nafar safarbar qilingan rossiyalik halok bo‘lgan.
Mualliflarning ta’kidlashicha, 2023 yil Rossiya armiyasi uchun kamida 15,5 ming kishi halok bo‘lgan urushning birinchi yiliga qaraganda qonliroq bo‘ldi. Ular fikricha, bu Rossiya armiyasining ko‘plab hujum harakatlari bilan bog‘liq. Rossiya Federatsiyasi hududlari orasida eng ko‘p o‘lganlar Boshqirdiston (1304), Buryatiya (1071), Sverdlovsk (1415) va Chelyabinsk (1164) viloyatlarida qayd etilgan. Loyiha mualliflari Moskva oblasti (1114) va Krasnodar o‘lkasi (1541) aholisi orasida ko‘p sonli yo‘qotishlarni ushbu hududlarda ko‘ngillilarning qabristonlarga faol tashrif buyurishi va harbiylar qabrini suratga olishi bilan izohlaydi.
Rossiya va Ukraina o‘z yo‘qotishlarini yashirmoqda
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmayapti. Oxirgi marta Rossiya hukumati 2022 yil sentyabrida o‘lganlarning umumiy sonini e’lon qilgan edi – 5937 kishi. 2023 yil dekabr oyining o‘rtalarida AQSH razvedkasi o‘z ma’lumotlarini e’lon qildi, unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining urushdagi yo‘qotishlari halok bo‘lgan va yaralangan 315 ming harbiy xizmatchini tashkil etadi.
Ukraina ham o‘z yo‘qotishlarini oshkor etmayapti. Amerika razvedkasi joriy yilning avgust oyida bu borada o‘z hisob-kitoblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 70 ming harbiy halok bo‘lgan va 120 ming yaralangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?