21:00 / 30.12.2023
243

Italiyalik fotograf bir lahzani suratga olish uchun olti yil vaqt sarfladi

Italiyalik fotograf bir lahzani suratga olish uchun olti yil vaqt sarfladi
Foto: Instagram
Italiyalik fotograf Valerio Minato umrining olti yilini san’at asariga aylangan bitta ajoyib suratni olishga sarfladi. U uzoq vaqt davom etgan faoliyatidagi katta loyihani tamomlaganini ma’lum qildi.
 
U chiqayotgan Oy fonida Superga katolik cherkovi va Monvizo tog‘ini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Minato o‘zining olti yillik ijod ishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
15 dekabr 2023 yil, soat 18:52. Osmonning bir burchagida bir necha soniyagina Superga va Monvizo oy bilan unutilmas kechani o‘tkazdi… Tosh qirol, Superga binosi va yarim Oy uchrashib, noyob ko‘rinishni taqdim etdi. Oy ham juda ajoyib ko‘rindi: uning birinchi va oxirgi fazalari quyoshdan keladigan yorug‘lik Yerdan Oyga qaytib, uning sirtining soyada qolgan qismini yoritmoqda” — deydi o‘zining Instagram sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo