09:27 / 31.12.2023
241

Zelenskiy yilning harbiy natijalariga yakun yasadi va 2024 yil uchun strategiyani e’lon qildi

Zelenskiy yilning harbiy natijalariga yakun yasadi va 2024 yil uchun strategiyani e’lon qildi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yil uchun mudofaa kuchlaridan foydalanish strategiyasi belgilanishini ma’lum qildi. U Oliy bosh qo‘mondonning yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berdi.
 
«Biz yilning harbiy natijalarini sarhisob qildik. Biz jangovar harakatlar natijalarini va qarorlarimizni tahlil qildik. Nimani to‘g‘ri qildik va nimani yaxshiroq qilishimiz mumkin edi. Ushbu xulosalar, prognozlar va imkoniyatlarimizni hisobga olgan holda, biz kelgusi yil uchun mudofaa kuchlaridan foydalanish bo‘yicha harbiy harakatlar strategiyasini belgilab oldik», dedi Zelenskiy.
 
Uning ta’kidlashicha, bu yil Ukraina «quruqlikda hech bir yo‘nalishda chekinmadi, dengizni qaytarib oldi va osmonni xavfsizroq qildi».
 
«Biz bir jamoa bo‘lib ishlashda davom etamiz. Ukraina g‘alabasi uchun bor kuchini bergan har bir kishiga rahmat», dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo