11:12 / 31.12.2023
258

Dunyo aholisi 2023 yilda qanchaga ortgani ma’lum qilindi

Dunyo aholisi 2023 yilda qanchaga ortgani ma’lum qilindi
Foto: Depositphotos
AQSH aholini ro‘yxatga olish byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil davomida dunyo aholisi 75 million kishiga ortdi. Prognozlarda keltirilishicha, 2024 yil 1 yanvarda sayyora aholisi 8 milliard 19 million 876 ming kishiga yetadi.
 
Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshida dunyo bo‘ylab har soniyada 4,3 nafar bola tug‘iladi va ikki kishi vafot etadi. AQSHning o‘zida aholi o‘sishi 0,53 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir oz ko‘proq. Yangi yilda mamlakat aholisi 335,8 millionga yetadi.
 
2024 yil boshida AQSHda har to‘qqizinchi soniyada chaqaloq tug‘iladi, har 9,5 soniyada bir kishi vafot etadi. Ammo immigratsiya hisobiga aholi soni qisqarmaydi. Xalqaro migratsiya sabab AQSH aholisi har 28,3 soniyada bir kishiga ko‘payadi”, — deyiladi xabarda.
 
Eslatib o‘tamiz, dunyo aholisi 2022 yil 15 noyabr kuni 8 milliard nafarga yetgandi. Dunyo aholisining 6 milliarddan 7 milliardgacha o‘sishi uchun (1998 yildan 2010 yilgacha) o‘n ikki yil kerak bo‘ldi. 8 milliardlik aholi soniga yetish ham xuddi shuncha vaqt talab qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo