Foto: Petr Kovalev / TASS
1 yanvar, dushanba kuni Rossiya Federatsiyasida harbiy ro‘yxatga olish sohasidagi o‘zgarishlar kuchga kirdi, u chaqiruv yoshini oshirishni nazarda tutadi. Endi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar armiyaga chaqirila boshlaydi.
Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday o‘zgartirish harbiy xizmatga chaqiriladigan Rossiya fuqarolari sonini 2 million kishiga oshirishi mumkin. Shu paytgacha muddatli harbiy xizmatchilarning maksimal yoshi 27 yosh edi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi 2023 yil 25 iyulda qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlarni uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjatning asl nusxasida pastki chegara bir vaqtning o‘zida - 18 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarilishi ko‘zda tutilgandi. Ammo iyul oyida Dumaning Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov chaqiruv yoshining quyi chegarasi o‘zgarmasligi va faqat yuqori chegara ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Keyinroq, 24 noyabr kuni Rossiya hukumati harbiy ro‘yxatga olish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani parlament tomonidan qabul qilingan qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2022 yil oxirida harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 18-27 yoshdan 21-30 yoshga o‘zgartirishni taklif qildi. Harbiy chaqiruv yoshining chegaralari bosqichma-bosqich o‘zgartirilishi taxmin qilingan edi, ammo Rossiya hukumati har qanday o‘tish davridan voz kechdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring