20:38 / 01.01.2024
455

Putin tinchlikka tayyor, faqat Rossiya shartlari asosida

Putin tinchlikka tayyor, faqat Rossiya shartlari asosida

Foto: Kristina Kormilitsina / RIA Novosti

G‘arb — Rossiyaning dushmani, qaysiki Ukraina yordamida o‘z masalalarini hal qilishga urinayotgan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vishnevskiy nomidagi harbiy hospitalda Ukrainadagi harbiy harakatlarda yaralangan jangchilar bilan uchrashuv vaqtida.

«Gap ular bizning raqibga yordam berayotganidamas, ularning o‘zi raqibligida. Ular ularning qo‘li bilan o‘z masalalarini hal qilishmoqda, barcha gap shunda», — degan Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «asrlar mobaynida» shunday bo‘lib kelgan.

«Ukrainaning o‘zi bizga dushman emas. Rossiyaning dushmanlari — Rossiya davlatchiligi yakson bo‘lishi va jang maydonida Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishni istayotganlar», — deya qo‘shimcha qilgan u. U g‘arb Rossiyani mag‘lubiyatiga uchratishga erisha olmasligiga ishonch bildirgan.

G‘arb mamlakatlarining harbiy yordamlariga qaramay, ukrain harbiylari «asta-sekin bo‘shashib bormoqda, degan Putin. U Ukraina qurolli kuchlarida xorijdan yetkazib berilgan o‘q-dorilar tugab borayotgani, Rossiya esa, aksincha, ularni ishlab chiqarish hajmini oshirayotganini qayd etgan.

«Ular qadimdan o‘z oldiga Rossiya masalasini hal qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, aftidan, biz o‘zimiz ular bilan shug‘ullanamiz», — deya xulosa qilgan prezident.

RF prezidenti G‘arb Ukrainadagi mojaro bo‘yicha ritorikasini o‘zgartirayotgani va uni yakunlash yo‘llarini izlayotganini, Rossiya ham uni imkon qadar tezroq yakunlashni istashi, ammo bu o‘z shartlari asosida bo‘lishini ma’lum qildi.

«Muammo mohiyati Ukrainada emas, balki Ukraina qo‘li orqali Rossiyani yo‘q qilishga urinayotganlarda. Mana gap qayerda. Ammo ular hech narsaga erisha olmaydi, bu shunchaki istisno qilingan, mutlaqo. Shunchaki mutlaqo istisno qilingan. O‘ylaymanki, buni anglashmoqda va ritorika o‘zgarmoqda», — degan u.

RF prezidenti G‘arbning Rossiyani harbiy va strategik mag‘lubiyatga uchratish uchun urinishlari rus askarining jasorati va matonati tufayli barbod bo‘lganini, bunda Rossiya harbiy sanoatining imkoniyatlari ham muhim rol o‘ynaganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda harbiy amaliyot hududida strategik tashabbus Rossiya qo‘lida. U komandirlar «topshiriqni katta qurbonliklar evaziga bajarmaslik»ni o‘rgangani va «raqibning jiddiy zarbasidan keyin» har qanday yurish amaliyoti o‘tkazishni yoqlayotganini aytib o‘tgan.

  • 2023 yil dekabrida Rossiya mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida Putin Ukraina qurolli kuchlari «o‘z xo‘jayinlari»ga qarshi hujumda qandaydir natija ko‘rsatish uchun zaxiralarining katta qismini sarflab yuborganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «g‘arb harbiy texnikalarining benuqsonligi to‘g‘risidagi afsonalar ham chippakka chiqqan».
  • Putin bungacha ham bir necha marta Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirgandi. Dekabr oyi oxirida u yana bir bor buni takrorlab, Moskva urushni to‘xtatishga faqat o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda rozi bo‘lishini qayd etgandi. U Kiyev muloqotdan bosh tortayotgani va muzokaralarni tiklash uchun Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning muzokaralar o‘tkazishga taqiqi bekor qilinishi darkorligini ta’kidlagandi.
  • Zelenskiy ham o‘zi taklif etgan «Tinchlik formulasi» asosida urushga barham berishga tayyor. Bu taklif Rossiya qo‘shinlari Ukrainadan olib chiqilishni nazarda tutadi. Kremldagilar bu haqda gap bo‘lishi mumkinmasligini ta’kidlashgan. Rossiya TIV tinchlikka erishish uchun Kiyev NATO va YeIga kirish rejasidan voz kechishi hamda betaraflik maqomiga qaytib, «yangi hududiy reallik»ni tan olishi lozimligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo