Foto: Reuters
7 oktyabr kuni Isroil janubidagi Supernova musiqa festivaliga uyushtirilgan hujumdan omon qolgan 42 kishidan iborat guruh 200 million shekel (56 million dollar) kompensatsiya talab qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Sudda ayblanuvchilar qatoridan Isroil armiyasi, Isroil Mudofaa vazirligi, Isroil politsiyasi va Isroil xavfsizlik xizmati o‘rin olgan. Da’vo arizasida Isroil armiyasi rasmiylari odamlarni kutilayotgan xavf tufayli hududni zudlik bilan tark etishlari haqida ogohlantirib, “bir telefon qo‘ng‘irog‘i” bilan hayotni saqlab qolishlari mumkin bo‘lgani aytilgan.
Isroil hukumatining ogohlantirishi “yuzlab ziyofat ishtirokchilariga, shu jumladan da’vogarlarga jismoniy va ruhiy jarohatlarning oldini olishda yordam berishi mumkin edi” deyiladi da’vo arizasida.
Supernova musiqa festivaliga 3500 ga yaqin odam tashrif buyurdi, unda kamida 260 kishi halok bo‘ldi va ko‘plari qo‘shni G‘azo sektoridan yuk mashinalari va mototsikllarda HAMAS jangchilari yetib kelganidan keyin garovga olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi