Vagit Alekperov Foto: Oleg Yakovlev / RBK
G‘arb sanksiyalariga qaramay, 2023 yilda Rossiyaning 25 nafar eng badavlat tadbirkorlarining umumiy boyligi 50,01 milliard dollarga oshdi. 2 yanvar, seshanba kuni e’lon qilingan Bloomberg Billionaires Index ma’lumotiga ko‘ra, ularning umumiy boyligi 328,53 milliard dollarni tashkil qilgan.
Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanishidan bir kun oldin, 2022 yil 23 fevralda RIA «Novosti» Bloomberg milliarderlar reytingidagi eng badavlat 23 nafar rossiyalikning umumiy boyligi 342,74 milliard dollarni tashkil qilgani haqida xabar berdi. 2022 yilda reytingdagi rossiyaliklarning umumiy boyligi 93,753 milliardga kamaydi.
«Lukoyl» egalaridan biri Vagit Alekperovning kapitali boshqalarga qaraganda ko‘proq - 9,29 milliard dollarga oshib, 24,7 milliard dollarga yetdi. Bloomberg indeksida bo‘lgan faqat bir rossiyalik milliarder - Vyacheslav Kantorning puli kamaygan. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi «Akron» kompaniyasining asosiy aksiyadori bo‘lgan Kantor o‘tgan yil davomida 149 million dollar yo‘qotdi.
Hozirgi vaqtda eng boy rossiyaliklar to‘rtligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Vladimir Potanin (+2,49 milliard dollar, umumiy boyligi 31,1 milliard);
- Leonid Mixelson (+2,83 milliard dollar, umumiy boyligi 27,5 milliard);
- Vagit Alekperov (+9,29 milliard dollar, umumiy boyligi 24,7 milliard);
- Vladimir Lisin (+4,08 milliard dollar, umumiy boyligi 23,9 milliard).
Bloomberg indeksni biznesmenlar ulushlarga ega bo‘lgan kompaniyalar aksiyalari narxidan kelib chiqib hisoblaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi