Foto: “TASS”
Rossiya Qozog‘istonning eng muhim hamkori va ittifoqchisi, shuningdek, dunyoda birorta ham muammoni uning ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydigan davlatdir. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Egemen Qazaqstan nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiya Qozog‘istonning asosiy hamkori va ittifoqchisidir. O‘tgan 30 yil davomida davlatlararo munosabatlar asoslari mustahkamlandi. Ikki davlat o‘rtasida 300 dan ortiq shartnoma va bitimlar imzolangan.
Sir emaski, butun dunyo Rossiyaning pozitsiyasini hisobga oladi. Dunyoda biron bir muammoni bu davlat ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi”, — dedi To‘qayev.
2024 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari Qozog‘istonga qanday ta’sir qilishi haqidagi savolga javob berar ekan, To‘qayev saylovlar AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda ham bo‘lib o‘tishini, Qozog‘iston hukumati ularni diqqat bilan kuzatib borishini ta’kidladi.
“Shubhasiz, Rossiyadagi prezidentlik saylovlari biz uchun juda muhim. Rossiya Qozog‘istonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkoridir. 2023 yilning 10 oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 21,4 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi u va Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin “global iqlimga ham so‘z bilan, ham amalda ta’sir ko‘rsatuvchi” shaxs ekanini ta’kidladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi