Foto: Google Images
Qo‘shma Shtatlar Isroil vazirlarining G‘azodan falastinliklarni ko‘chirishga qaratilgan bayonotlarini ma’qullamaydi, dedi AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller.
“Bunday qaror mas’uliyatsizlikdir. Isroil hukumati, jumladan, bosh vazir bizni bunday bayonotlar mamlakat siyosatini aks ettirmasligini bir necha bor ishontirgandi. Bunday harakat zudlik bilan to‘xtatilishi kerak”, — dedi diplomat bayonotida.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar “G‘azo Falastin yeri ekanligini va Falastin yeri bo‘lib qolishini, HAMAS endi uning kelajagini nazorat qilmasligini va hech bir terrorchi guruh Isroilga tahdid solishga qodir emasligini aniq bildirgan”.
“Biz isroilliklar va falastinliklar, shuningdek, mintaqa va dunyo manfaatlari uchun mana shunday kelajakka intilamiz”, — dedi Miller.
Avvalroq Isroil vazirlari — Betsalel Smotrich va Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azo sektoridan chiqarib yuborish zarurligi haqida bayonot bergan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi