Foto: Ukraina hukumati veb-sayti
Ukraina hukumatida G‘arb davlatlarining harbiy yordami kamaygan taqdirda qo‘llaydigan B reja yo‘q, dedi Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba. U Kiyevni qo‘llab-quvvatlash davom etishiga umid bildirdi.
CNN telekanaliga bergan intervyusida vazirdan AQSH va Yevropa Ittifoqidan harbiy yordam kelmay qolgan taqdirda, Ukrainaning zaxira rejasi bormi, degan savol berildi.
“Bizda B rejasi yo‘q. A rejaga ishonamiz”, — deb javob berdi Kuleba.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina “o‘zidagi resurslarni hisobga olgan holda kurashmoqda”. Uning ta’kidlashicha, Kiyevga ko‘rsatilgan yordam xayriya emas, balki “NATO mudofaasi, Amerika xalqining farovonligi uchun qilingan sarmoyadir”.
Dmitriy Kulebaning fikricha, agar Rossiya g‘alaba qozonsa, “dunyo yetakchilari undan o‘rnak olish vasvasasiga tushib qoladi”.
2023 yil oktyabr oyida Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak G‘arb tomonidan qurol-yarog‘ yetkazish cho‘zilib ketayotganidan shikoyat qilgandi. Uning aytishicha, mamlakat chet el sarmoyasi yordamida qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Dekabr oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda kechikishlar bo‘lganini tan oldi. Pentagon, shuningdek, Vashington Kiyevga qurol yetkazib berish uchun mablag‘ kamligini ma’lum qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi