Eron prezidenti mamlakat janubi sharqida joylashgan Kermon shahridagi portlashlarda AQSH va Isroilni aybladi.
Ibrohim Raisiy kecha, 3 yanvar kuni Kermon shahrida, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali QosiSulaymoniy o‘limining 4 yilligiga bag‘ishlangan tadbir paytida sodir bo‘lgan ikkita portlash tashkilotchilari va aybdorlarini topib, jazolashga va’da berdi.
Payshanba kuni ertalabki ma’lumotlarga ko‘ra, teraktda 84 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Ayrim OAVlar bu so‘nggi 45 yil ichida Eronga qilingan eng qonli hujumlar ichida eng yirigi ekani va ayni paytda portlash uchun javobgarlikni hech kim rasman o‘z zimmasiga olgani yo‘qligini yozmoqda.
The New York Times nashrining amerikalik yuqori martabali suhbatdoshlariga tayanib yozishicha, portlashlarni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida terrorchi deb topilgan «Islomiy davlat» guruhi uyushtirgan bo‘lishi mumkin edi. Shuningdek, nashr Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Eron harbiy rahbarlarini «strategik sabr» ko‘rsatishga va mamlakatni AQSH bilan harbiy mojaroga tortmaslikka chaqirganini yozdi.
Ma’lumot uchun, Erondagi portlashlar Bayrut chekkasida HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosarining o‘ldirilishidan 24 soat o‘tib sodir bo‘ldi. G‘azoda uch oydan beri davom etayotgan urush va yuqoridagi kabi holatlarni inobatga olgan holda kuzatuvchilar mintaqadagi keskinlik yanada kuchayishidan xavotirda.
Eron Islom Respublikasi hukumati payshanbani milliy motam kuni deb e’lon qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi