Foto: Getty Images
2024 yilda dunyoning 60 ta davlatida saylov bo‘lib o‘tadi, 4,2 milliard kishi yoki butun dunyo aholisining qariyb 50 foizi mintaqaviy saylovlarda ishtirok etishi mumkin, prezident va parlament a’zolarini saylaydi.
Tarixdagi eng yirik saylovlar yili global keskinlikni oshiradi, deb yozdi Britaniyaning The Economist jurnali.
Saylov bo‘lib o‘tadigan davlatlar orasida AQSH, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh, Meksika va Afrikaning 54 davlatidan 18 tasi bor. Xalqaro munosabatlar uchun birinchi muhim saylov 13 yanvar kuni Tayvanda o‘tkaziladi, unda yangi prezident saylanadi.
Nashrning qayd etishicha, katta ehtimol bilan dunyoning turli burchaklarida o‘tkaziladigan saylovlar «siyosiy institutlar buhroni va geosiyosiy keskinlikning kuchayishiga olib keladi».
Xalqaro munosabatlarga Hindiston va Qo‘shma Shtatlardagi saylovlar ta’sir qilishi mumkin. Hindistonda bosh vazir Modi hozir hokimiyat tepasida, uning partiyasi dekabr oyida to‘rtta yirik shtatda bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovda g‘alaba qozondi. Hozir saylovchilarning aksariyati Modining shu yilning may oyida ham xuddi shunday jiddiy va ishonchli g‘alaba qozonishiga hech narsa to‘sqinlik qilmasligiga ishonadi, chunki Hindiston iqtisodiyoti hozirda ishonchli tarzda rivojlanmoqda.
Qo‘shma Shtatlarda saylov shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi, bir necha kundan keyin praymerizlar boshlanadi, Demokratik va Respublikachilar partiyasida prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish uchun boshlang‘ich saylov bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy, moliyaviy, siyosiy va diplomatik yordam ko‘rsatadigan asosiy davlatdir. Jo Baydenning pozitsiyasida hamma narsa aniq, ammo Tramp kelsa, tashqi siyosat qarorlari qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mariya Ressa 2022 yil oktyabr oyida «2024 yil oxiriga borib, biz demokratiya saqlanib qoladimi yoki o‘ladimi, bilib olamiz», degan edi. Amerikalik milliarder Ilon Mask so‘zlariga ko‘ra, «2024 yil avvalgilaridan ham aqldan ozdiruvchi bo‘ladi».
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi