Foto: Getty Images
2023 yil natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya nomi Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviatashuvchisiga tegishli bo‘ldi. Bu haqda Airline Ratings yillik reytingida aytiladi.
Ta’kidlanishicha, Air New Zealand «xavfsizlikka katta e’tibor qaratgani uchun» birinchi o‘rinni egallagan. 2024 yil boshidagi eng xavfsiz aviatashuvchilar o‘ntaligiga quyidagilar kirgan:
- Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviatashuvchisi;
- Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi;
- Avstraliya Virgin Australia aviakompaniyasi;
- Etihad Airways (BAA) milliy aviakompaniyasi;
- Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi;
- Emirates (BAA) aviakompaniyasi;
- Yaponiyaning All Nippon Airways aviakompaniyasi;
- Finlyandiyaning Finnair davlat aviatashuvchisi;
- Honkongning Cathay Pacific Airways aviakompaniyasi;
- Alaska Airlines (AQSH) aviakompaniyasi.
Shuningdek, SAS (Shvetsiya), Korean Air (Janubiy Koreya), Singapore Airlines (Singapur), EVA Air (Tayvan), British Airways (Buyuk Britaniya), Turkish Airlines (Turkiya), TAP Air Portugal (Portugaliya), Lufthansa/Swiss Group (Germaniya), KLM (Niderlandiya), Japan Airlines (Yaponiya), Hawaiian Airlines (AQSH), American Airlines (AQSH, Air France (Fransiya), Air Canada (Kanada) va United Airlines (AQSH) ham xavfsiz aviakompaniyalar ro‘yxatidan joy olgan.
Eng xavfsiz 10 ta loukoster (arzon) aviakompaniyalar reytingi quyidagicha:
- Jetstar (Avstraliya);
- easyJet (Buyuk Britaniya);
- Ryanair (Irlandiya);
- Wizz Air (Vengriya);
- Norwegian (Norvegiya);
- Frontier (AQSH);
- Vueling (Ispaniya);
- Vietjet (Viyetnam);
- Southwest (AQSH);
- Volaris (Meksika).
Reytingni yaratish uchun ekspertlar yuzlab aviakompaniyalarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini taqqoslab, o‘ndan ortiq mezonlarni, jumladan, jiddiy hodisalar, yaqinda sodir bo‘lgan halokatli avariyalar, aviatsiya boshqaruv organlari va sanoat organlari tomonidan o‘tkazilgan auditlar, rentabellik, xavfsizlik tashabbuslari, uchuvchilarni tayyorlash va flot yoshini baholagan.
Biroq, baholashda qushlar bilan to‘qnashuv, turbulentlik tufayli jarohatlar, ob-havo ta’siri va chaqmoq urishi kabi hodisalar inobatga olinmagan. Chunki aviakompaniya bunday hodisalarni nazorat qila olmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi