Foto: “akzent.zp.ua”
Sinoptiklar Qozog‘istonda 6—8 yanvar kunlari qanday ob-havo kuzatilishini prognoz qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Prognozga ko‘ra, yaqin kunlarda faol Atlantika sikloni va u bilan bog‘liq bo‘lgan atmosferaning frontal qismlari ta’sirida Qozog‘istonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi, janubiy viloyatlarda esa yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
6 yanvar kuni shimoli-g‘arbda kuchli qor yog‘ishi, janubda yomg‘ir va qor shaklida kuchli yog‘ingarchilik, 7—8 yanvar kunlari shimoli-g‘arbiy, shimoliy va markazda kuchli qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning shimoliy yarmida kuchli yog‘ingarchilik bilan birga, yerlarning muzlashi va qor bo‘roni kuzatiladi. Respublika bo‘ylab tuman tushishi, shamol kuchayishi kutilmoqda.
“Sovuq havo massalarining kirib kelishi shimoli-g‘arbiy antisiklonning shiddati bilan bog‘liq bo‘lib, bu mamlakatning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy, shimoli va sharqida haroratning keskin pasayishiga olib keladi.
Shunday qilib, kechasi g‘arb va shimoli-g‘arbiy hududlarda havo harorati 8-25 darajagacha, shimoliy hududlarda 5-30 darajagacha, respublika sharqida esa 5-18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Janubiy viloyatlarda kechasi havo harorati 5 daraja sovuq va 7 daraja iliq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi