19:00 / 06.01.2024
108

Yaponiyalik tadqiqodchi o‘zbek tili bo‘yicha darslik yaratdi

Yaponiyalik tadqiqodchi o‘zbek tili bo‘yicha darslik yaratdi
Foto: Dunyo AA
Tokio xorijiy tillar universiteti kichik ilmiy xodimi Xidaka Shinsuke “New Express + Uzbek language” nomli o‘quv qo‘llanma yaratdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
 
Qo‘llanma 160 sahifadan iborat bo‘lib, lotin yozuvida yozilgan. Kitob o‘zbek tilini boshlovchilarga grammatika asoslarini o‘zlashtirishi uchun 20 ta boshlang‘ich darajadagi darslarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, o‘quvchilarga og‘zaki so‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kitobning ovozli shakllari ham tayyorlangan.
 
Xidaka Shinsukening ta’kidlashicha, o‘quvchilar darslikni tugatgandan so‘ng, bemalol O‘zbekistonda tarjimonsiz sayohat qilishlari va biznes tashriflarini amalga oshirishlari mumkin.
 
Kitob 29 yanvardan boshlab sotuvga chiqariladi.
 
Ma’lumot uchun, Xidaka Shinsuke 2007 yildan buyon o‘zbek tilini o‘rganib kelmoqda. 2014–2016-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy izlanishlar olib borgan hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va “O‘zbekiston-Yaponiya” markazida yapon tilidan dars bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo