Foto: Getty images
Xitoy raisi Si Jinping tomonidan mamlakat armiyasi safida «tozalash» ishlarining olib borilishi korrupsiya bilan bog‘liq. Aynan korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish sa’y-harakatlariga va urush olib borish salohiyatiga putur yetkazgan, deb yozdi Bloomberg Amerika razvedkasiga tayanib.
Qayd qilinishicha, Xitoyning raketa kuchlari va uning mudofaa sanoati bazasidagi korrupsiya shu qadar keng tarqalgan-ki, AQSH rasmiylari Si Jinping yaqin yillarda yirik harbiy harakatlarni boshlashga botina olmasligiga ishonmoqda.
AQSH razvedkasi Xitoydagi korrupsiya oqibatlariga bir qancha misollar keltirdi, jumladan, yoqilg‘i o‘rniga suv bilan to‘ldirilgan raketalar va raketalarni samarali uchirishga imkon bermaydigan shaxtalar.
Ta’kidlanishicha, Xitoy xalq ozodlik armiyasidagi korrupsiya uning umumiy imkoniyatlariga, ayniqsa raketa kuchlariga bo‘lgan ishonchni susaytirgan va Si Jinpingning armiyani modernizatsiya qilish bo‘yicha ba’zi ustuvor yo‘nalishlardan voz kechishga majburlagan. So‘nggi 6 oy ichida Xitoy mudofaa vazirligining o‘ndan ortiq yuqori martabali amaldorlari pora bilan qo‘lga tushgan. Nashrning qayd qilishicha, bu Xitoyning zamonaviy tarixida qurolli kuchlariga qarshi boshlangan eng yirik repressiya bo‘lishi mumkin.
AQSH razvedkasi fikriga ko‘ra, harbiy «tozalashlar» Xitoy rahbarining Kommunistik partiya ustidan nazorati hamon kuchli ekanini va u intizomni yaxshilash, korrupsiyani yo‘q qilish va oxir-oqibat Xitoy armiyasini uzoq muddatli urushga tayyorlashga jiddiy yondashayotganini anglatadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi