08:50 / 07.01.2024
178

Boliviyada mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi

Boliviyada mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi
Foto: MTRK «Mir» / Dmitriy Belitskiy
Boliviya Respublikasi prezidenti Luis Arse mamlakat tarixidagi eng yirik kokain jo‘natmasining (8,7 tonna) musodara qilingani haqida gapirdi. Unga ko‘ra, musodara qilingan giyohvandlik moddasining qiymati 526 million dollarga baholanmoqda.
 
«Biz Boliviya xalqi va xalqaro hamjamiyatga Niderlandiyaga jo‘natilmoqchi bo‘lgan 8,7 tonna kokainni musodara etganimizni ma’lum qilamiz», deb yozdi davlat rahbari ijtimoiy tarmoqda.
 
Huquq-tartibot idoralari to‘rt kishini, jumladan, yukni jo‘natmoqchi bo‘lgan kompaniya egasini qo‘lga olgan.
 
Boliviya Ichki ishlar vazirligi rahbari Karlos del Kastilyo so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar yukni Peru va Panama orqali Yevropaga jo‘natmoqchi bo‘lgan.
 
Tarixdagi eng yirik kokain partiyasi 2021 yilda musodara qilingan. Germaniya va Belgiya bojxonachilari 23 tonnadan ortiq giyohvandlik moddasini Hamburg va Antverpen portida qo‘lga tushirishgan edi. Ularning barchasi bir shaxs uchun mo‘ljallangan bo‘lib, konteyner va yog‘och bloklar orasiga yashirilgan. Kokainning qiymati 3,5 mlrd yevroga baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo