Foto: slate.com
Isroil Falastinning HAMAS harakatini butunlay yo‘q qilish rejalaridan voz kechadi va o‘z kuchlarini isroilliklarni garovga olinganlarni ozod qilishga yo‘naltiradi. Amerikaning CNN telekanaliga intervyu bergan ekspertlar shunday xulosaga keldi.
Britaniya Qirollik xalqaro munosabatlar institutining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha ilmiy xodimi Bilol Yu.Saab Isroilning HAMASni butunlay yo‘q qilish niyatini erishib bo‘lmaydigan maqsad deb atadi.
“Isroil rahbariyati buni juda yaxshi tushunadi, ular maksimum HAMASning harbiy salohiyatini jiddiy ravishda zaiflashtira oladi”, — dedi Saab.
U “vaqtga qarshi poyga borligini” ta’kidladi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Isroil xalqaro norozilikni kuchaytirmasdan qancha vaqt urush olib borishi aniq emas. HAMAS rahbariyatini yo‘q qilish rejasi sezilarli natijalarga olib kelmasligi, chunki ular “qo‘mondonlarni osongina almashtira olishi” ta’kidlandi.
Isroil Demokratiya instituti rahbari va Knessetning “Kadima” partiyasidan sobiq deputati Yohanan Plesnerning ta’kidlashicha, isroillik garovga olinganlarning HAMAS asirligida qolayotgani Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga kuchli siyosiy bosimni keltirib chiqarmoqda. G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri bosh vazirning mamlakatdagi reytingi sezilarli darajada tushib ketgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi