Malayziyaning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Fraser & Neave Holdings BHD – F&N" kompaniyasining yangi va xalqaro bozorlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Patrik Xeng bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda milliy o‘zbek mahsulotlarini ishlab chiqarilishini diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Patrik Xeng kompaniya faoliyatini kengaytirish va xalqaro bozorlarga kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekistonning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi.
"Malayziya tomoniga O‘zbekistondagi mavjud xom ashyo bazasi, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda "F&N" kompaniyasi ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakuni 2024 yil yanvar oyida "F&N" kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
"Fraser & Neave (F&N)" kompaniyasi 1883 yilda Singapurda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Ipox, Malakka, Seremban va Penang shtatlarida joylashgan. Korxona oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda kompaniya tomonidan 31 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va jahonning 93 ta mamlakatlariga eksport qilinyapti.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!