Foto: Bild
Germaniya Qurolli kuchlari obyektlari ustida muntazam ravishda noma’lum dronlar parvozi kuzatilmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harbiy obyektlar joylashgan hududlarda har hafta dronlar paydo bo‘ladi va bu holat bir yildan ko‘proq vaqt davomida kuzatilmoqda. Xususan, 2022 yil oktyabr oyida, keyinchalik Germaniya Qurolli kuchlari bosh inspektori lavozimiga tayinlangan general Karsten Breyer zudlik bilan harbiy politsiyachilarga HP47 mobil elektron urush qurilmasidan dronlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni buyurgan.
Ushbu chora-tadbirlar muammoni hal qilmadi, shuning uchun 2023 yil noyabr oyi o‘rtalarida Germaniya Qurolli kuchlarida noqonuniy dronlar parvozlariga qarshi kurashish uchun tezkor guruh tashkil etildi. Guruh ish boshlagani bo‘yicha ma’lumot mavjud emas. Germaniya Mudofaa vazirligi guruh o‘z faoliyatining ayrim jihatlari bo‘yicha mamlakat Ichki ishlar vazirligi bilan kelishib olishi kerakligini bildirmoqda.
Dronlar ko‘pincha ukrainalik harbiylar o‘qitiladigan poligonlar ustida paydo bo‘ladi. Xususan, Ozod demokratik partiyaning mudofaa masalalari bo‘yicha eksperti Markus Faber nashrga bu haqda shunday dedi:
“Dronlar muntazam ravishda Bundesver ukrainaliklarini 'Leopard-1'dan foydalanishga o‘rgatayotgan Klits harbiy poligonida ko‘rinish beradi. Boshqa bazalarda ba’zan bir vaqtning o‘zida bir nechta dronlar havo hududiga kiradi".
Faber, nemis harbiylari singari, dronlar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo bu versiyaning tasdiqlanmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!