Foto: “TASS”
Rossiyaning Novgorod viloyatidagi M-11 “Neva” trassasida 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat rahbari Andrey Nikitin xabar berdi.
Hodisa oqibatida 4 kishi, jumladan, 2 yoshli bola halok bo‘lgan. Olti kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Moskva tomon yo‘l harakati butunlay to‘sib qo‘yilgan. Aylanma yo‘l M-10 “Rossiya” avtomagistrali bo‘ylab tashkil etilgan.
"M-11 “Neva”da 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida kuchli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. O‘lganlar bor. Hozir hududiy xizmatlar har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan hududda isitish punkti tashkil etiladi, yo‘lovchilar issiq choy va buterbrodlar bilan ta’minlanadi", — deydi viloyat rahbari.
Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi, Tergov qo‘mitasi xodimlari ishlamoqda. Novgorod viloyati prokuraturasi ommaviy avtohalokat yuzasidan tergov tashkil qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi