date

Riodagi Olimpiya qishlog‘ida portlash yuz berdi

Riodagi Olimpiya qishlog‘ida portlash yuz berdi

Riodagi Olimpiya qishlog‘ida portlash yuz berdi. Bu terakt bo‘lmagan: portlashni sapyorlar amalga oshirishgan.

Ispaniya va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi basketbol uchrashuvidan oldin Arena Carioca stadioni oldida shubhali ryukzak aniqlangan. Sapyorlar voqea joyidan odamlarni evakuasiya qilib, topilmani portlatib yuborganlar. Keyinroq ryukzak ichida hech qanday portlovchi modda yo‘qligi, balki faqatgina planshet va kiyimlar borligi aniqlangan.

Portlash basketbol uchrashuvlari jadvaliga ta’sir qilmagan, tomoshabinlar o‘z o‘rinlariga qaytishgan va uchrashuv o‘z vaqtida boshlangan.

Riodagi O‘yinlar davomida ehtiyot chorasi sifatida bir necha marotaba evakuasiyalar o‘tkazildi. 3 avgustda suv sporti turlari saroyidan shubhali sumka sababli tomoshabinlar evakuasiya qilingandilar, 6 avgustda esa velotrassa oldida portlovchi qurilmaga o‘xshash buyum aniqlanib, u sapyorlar tomonidan portlatib yuborilgan.

7 avgustda Olimpiya matbuot markazi trevoga signalining bexosdan yoqilib ketishi sababli evakuasiya qilingandi. 8 avgustda portda shubhali buyum, 10 avgustda esa Kopakabana yaqinida egasiz sumka portlatib yuborilgan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Riodagi Olimpiya qishlog‘ida portlash yuz berdi