Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Britaniya tomoniga Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildilar. Shuningdek, muloqot chog‘ida Leo Dokertining joriy yil 10-11 yanvar kunlari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tadigan tashrifining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!