Foto: Kyodo News
Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries korporatsiyasi Shimoliy Koreya raketalari parvozini kuzatish va tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararni baholash uchun yangi Optical-8 razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Sun’iy yo‘ldosh Kagosima janubi-g‘arbiy prefekturasidagi Tanegasima kosmodromidan uchirilgan. Apparat 2018 yilda uchirilgan xuddi shunday Optical 6 sun’iy yo‘ldoshi o‘rnini egallashi kerak, chunki uning ishlash muddati tez orada tugaydi.
2023 yil yanvar oyida Mitsubishi Heavy Industries xuddi shu seriyadagi Radar 7 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqandi. Optical 8 H-2A raketa tashuvchisi yordamida ishga tushirilgan. Bu uning 48 marta ishga tushirilishi, jami 50 ta shunday missiya rejalashtirilgan, shundan so‘ng uning o‘rnini H3 raketa tashuvchisi egallaydi.
Yaponiya 1998 yilda Shimoliy Koreya “Tepxodon-1” raketasini uchirgach, razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish bo‘yicha davlat dasturini boshladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring