10:07 / 16.01.2024
99

Nigeriyada terrorchilar avtobusdagi 45 nafar yo‘lovchini garovga oldi

Nigeriyada terrorchilar avtobusdagi 45 nafar yo‘lovchini garovga oldi

Foto: Google Images

Nigeriyada terrorchilar shaharlararo qatnovchi uchta avtobusga hujum qilib, 45 kishini garovga oldi. Hodisa mamlakat janubi-sharqidagi Otukpo-Enugu trassasida (Benue shtati) sodir bo‘lgan.

Qochishga muvaffaq bo‘lgan boshqa avtobusning haydovchisi va yo‘lovchilari so‘zlariga ko‘ra, hujum pistirmada sodir etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilarning hujumdan maqsadi to‘lov olish bo‘lgan.

O‘tgan hafta Nigeriya shimoli-sharqidagi Kaduna-Abuja trassasi bo‘ylab 30 ga yaqin odam o‘g‘irlab ketilgan edi. Hozircha ularning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas.

So‘nggi paytlarda Nigeriyada terrorchilar faollashdi. Ular aholi punktlariga hujum qilib, do‘konlarni talab, odamlarni garovga olmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo