14:10 / 19.01.2024
1 082

AQSHda Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish haqida kutilmagan bayonot berildi

AQSHda Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish haqida kutilmagan bayonot berildi

Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari oldidagi ustunligi faqat kuchayadi va G‘arbning muzokaralardagi pozitsiyasi zaiflashadi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining Rossiya tahlili bo‘yicha sobiq direktori Jorj Bibi "Daniel Davis / Deep Dive" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Menimcha, rossiyaliklar aniq g‘alaba qozonmoqda. Va ularning afzalliklari vaqt o‘tishi bilan o‘sib boradi, kamaymaydi", — deb hisoblaydi ekspert.

Bibining ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Ukrainaning harbiy salohiyatini "maydalash"da juda samarali. Uning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining mudofaasi Rossiya tomonidan yetkazilgan og‘ir yo‘qotishlar tufayli ertami-kech oddiygina barbod bo‘ladi.

Jabhaning qulashi G‘arbning Kiyevda "o‘z manfaatlarini" ta’minlash uchun har qanday imkoniyatdan mahrum bo‘lishiga olib keladi.
O‘ylaymanki, agar biz bu yo‘nalishda davom etsak (mojaroni cho‘zish uchun – tahr), u holda <...> Rossiya o‘z pozitsiyasini tobora mustahkamlab boradi”, — deydi tahlilchi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo