Foto: Bild
Ukraina harbiylari kalamushlarga qarshi kurashish uchun frontga mushuklarni olib kelmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, frontdagi xandaqlar kalamushlar bilan to‘la. Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi paytlarda bunga dalil bo‘luvchi videolar tarqalgan. Ulardan birida ukrainalik harbiy uning matrasi ostiga kalamushlar joylashib qolganidan shikoyat qiladi. Ikkinchi askar esa sumkasini ochganida, kalamushlar chiqib, turli yo‘nalishlarga yugurishadi.
“Uyg‘onganingizda, uxlayotgan xaltangizga bo‘lgan ikki yoki uchta kalamushni ushlaysiz. Uyquda nimadir barmog‘ingizni tishlashi unchalik yoqimli emas”, — deydi ukrainalik askar Yevgeniy Bild nashriga.
Kemiruvchilar nafaqat askarlarning uyqusini buzadi, balki jihozlarni ham yo‘q qiladi, shuningdek, qimmatbaho harbiy texnika yoki aloqa kabellariga ham zarar yetkazishi mumkin.
Ushbu vaziyat bilan bog‘liq holda Kiyevdagi barlardan biri hatto frontga yuboriladigan kalamush tuzoqlari uchun xayriya jamg‘armasini tashkil qilgan.
Ayni paytda ko‘plab ukrainalik askarlar bu muammoning boshqa yechimini topgan, jumladan mushuklarni frontga olib kelishgan. Shaybik laqabli mushuk xizmatlari uchun hatto maxsus medal bilan taqdirlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring