date
views 374

Pentagonning sobiq maslahatchisi: AQSH Ukrainadagi siyosati tufayli sharmanda bo‘ldi

Pentagonning sobiq maslahatchisi: AQSH Ukrainadagi siyosati tufayli sharmanda bo‘ldi

AQSH Ukrainadagi muvaffaqiyatsiz siyosat tufayli sharmanda bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklarimiz bizni butun dunyo nazarida mutlaqo kulgili qiladi", — dedi Makgregor.

Avvalroq amerikalik senator Lindsi Grem Amerika Ukrainada birorta ham amerikalik halok bo‘lmagani uchun Kiyevdan minnatdor bo‘lishi kerakligini aytgan edi. Makgregor uning bayonotiga javob qaytardi va 400 nafar amerikalik yollanma askar Ukraina Qurolli kuchlari safida janglarda allaqachon halok bo‘lganini eslatdi.

Pentagonning sobiq maslahatchisiga ko‘ra, hukumat bu ma’lumotni yashirishda davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagonning sobiq maslahatchisi: AQSH Ukrainadagi siyosati tufayli sharmanda bo‘ldi