date
views 365

“Tolibon”: Afg‘onistonning Pokiston bilan rasmiy chegarasi yo‘q

“Tolibon”: Afg‘onistonning Pokiston bilan rasmiy chegarasi yo‘q
Foto: Ariana news
“Tolibon” harakatining chegara va qabila ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi Nurulla Nuriy Afg‘onistonning Pokiston bilan rasmiy chegarasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Ariana news xabar berdi.

Nuriyning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida faqat “gipotetik chiziq” (“Durand chizig‘i”) mavjud. U shu chiziq bo‘ylab va “Torxam” kabi ba’zi nazorat-o‘tkazish punktlarida “Tolibon” hal qilishi kerak bo‘lgan muammolar yuzaga kelishini ta’kidladi.

“Durand chizig‘i” 1893 yilda Afg‘oniston amiri Abdurrahmon va Hindiston mustamlaka ma’muriyati kotibi Mortimer Durand o‘rtasidagi muzokaralar natijasida paydo bo‘lgan. Ayrim davlatlar bu chiziqni Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi rasmiy chegara sifatida tan oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon”: Afg‘onistonning Pokiston bilan rasmiy chegarasi yo‘q