Foto: “RIA Novosti”
Ikki kun ichida Rossiya prezidentligiga uchinchi nomzod saylovda ishtirok etishdan bosh tortdi. Rossiya davlat axborot agentligi “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, 31 yanvar kuni Rossiya “Ozodlik va adolat” partiyasi asoschisi, shuningdek, Rossiyaning asosiy masoni, unchalik taniqli bo‘lmagan siyosatchi Andrey Bogdanov saylovoldi poygasidan chiqdi.
31 yanvar kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasining majlisi oldidan Bogdanov uni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘plangan imzo varaqalarini taqdim etdi, ammo shundan so‘ng darhol nomzodlikdan voz kechish va saylov kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortishi haqida bayonot yozdi.
Bogdanov siyosiy strateg sifatida tanilgan. U qayta-qayta siyosiy partiyalar yaratgan (ham o‘ng, ham so‘l qanot), ularning ba’zilari keyinchalik sotib yuborilgan. 2008 yilda u Rossiya prezidenti saylovlarida qatnashib, 1,3 foiz ovoz to‘plagan.
Bir kun avval, 30 yanvar kuni ommaviy qo‘llab-quvvatlanmagan yana bir rossiyalik siyosatchi Sergey Baburin ham xuddi shunday tarzda o‘z nomzodini qaytarib olgandi. Baburin 2018 yilda Rossiya prezidenti bo‘lishga harakat qilgan, o‘shanda u 1,05 foiz ovoz olgan.
“TASS” xabariga ko‘ra, Sergey Baburin bilan bir vaqtda Rossiya Demokratik partiyasi vakili Irina Sviridova ham saylovdan chiqdi. U xuddi Boburin singari Rossiyaning hozirgi prezidenti Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.
Hozirgacha Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Vladimir Putindan tashqari prezidentlikka uchta nomzodni ro‘yxatga oldi: LDPRdan Leonid Slutskiy, Rossiya Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov, “Yangi xalq” partiyasidan Vladislav Davankov.
Rossiya prezidenti saylovlari 2024 yil 15—17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!