Foto: Google Images
AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Ukrainaga yordam kamaygan taqdirda, Germaniyaning bir o‘zi Ukraina tomoni uchun zarur bo‘lgan barcha narsani ta’minlay olmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestagda 2024 yilgi budjetni qabul qilishga bag‘ishlangan debatda aytib o‘tdi.
Ukraina bir oydirki AQSHdan yordam olmayapti, chunki Respublikachilar qarshiligi tufayli Kongress prezident Jo Baydenning Kiyev uchun so‘ragan 61 milliard dollarini ma’qullay olmayapti.
Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 50 milliard yevrolik uzoq muddatli yordam dasturi shartlarini muhokama qilmoqda, avvalroq Vengriya unga veto qo‘ygandi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ertaga, 1 fevral kuni bu borada yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda. Olaf Shols AQSH va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam berishni oxir-oqibat ma’qullashiga ishonch bildirdi.
“Ammo bir lahza tasavvur qiling, agar Ukrainaga yordam bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Germaniya Ukrainaga dunyodagi eng yirik qurol yetkazib beruvchiga aylanadi. Hurmatli do‘stlar, biz xalqaro miqyosda bu vaziyatning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak, chunki yolg‘iz o‘zimiz bardosh bera olishimizga ishonish qiyin”, — dedi Olaf Shols. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi