date
views 278

OAV: Kiyev Oq uyni Zalujniyning ishdan olinishi haqida xabardor qilgan

OAV: Kiyev Oq uyni Zalujniyning ishdan olinishi haqida xabardor qilgan
Foto: EPA
Ukraina hukumati AQSH prezidenti ma’muriyatiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatish niyatida ekanini ma’lum qilgan, deb yozadi The Washington Post manbalariga tayanib.

Nashrga ko‘ra, Oq uy vakillari bu qarorni qo‘llab-quvvatlamagan, biroq Valeriy Zalujniyning iste’foga chiqishiga e’tiroz bildirmagan va bu Zelenskiyning suveren tanlovi ekanini ta’kidlagan.

Vashingtonning oldindan ogohlantirilishi Oq uyga Ukraina rasmiylaridan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘rash imkoniyatini bergan.

Ukraina prezidenti Zelenskiy Zalujniyning iste’foga chiqishi haqidagi farmonni hali imzolagani yo‘q. CNN avvalroq Zalujniy shu hafta oxirigacha, ya’ni 4 fevralgacha ishdan olinishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Zalujniyning iste’fosi haqidagi mish-mishlar

Ukraina va jahon ommaviy axborot vositalari Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni iste’foga chiqishi haqida 29 yanvar kuni Ukraina prezidenti Valeriy Zalujniy bilan uchrashganidan beri gapirmoqda. Ushbu uchrashuvda, turli nashrlar manbalariga ko‘ra, Zelenskiy bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatishini aytgan.

Suhbatdan so‘ng The Times manbalarining aytishicha, xalqaro hamkorlar, shu jumladan AQSH va Buyuk Britaniya “o‘z xavotirlarini bildirishgan”. Ukraina prezidentining ofisi va Mudofaa vazirligi Zalujniy ishdan bo‘shatilishini rasman rad etdi.​
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Kiyev Oq uyni Zalujniyning ishdan olinishi haqida xabardor qilgan