Foto: Google Images
AQSH harbiylari Yamanga yangi hujum uyushtirdi va husiy isyonchilarining to‘rtta dronini nishonga oldi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.
“Bugun AQSH kuchlari uchirishga tayyor bo‘lgan to‘rtta dronga zarba berdi. AQSH kuchlari husiylar nazorati ostidagi hududlarda dronlarni aniqladi. Ular savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlariga bevosita tahdid solayotgandi. AQSH qurolli kuchlari o‘zini himoya qilish maqsadida zarba berib, dronlarni yo‘q qildi”, — deyiladi AQSH Markaziy qo‘mondonligi bayonotida.
Bundan tashqari, qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2 fevral kuni Amerika qo‘shinlari Aden ko‘rfazi va Qizil dengizda sakkizta dronni urib tushirgan.
G‘azo sektoridagi mojaro avj olganidan so‘ng, “Ansor Alloh” harakati Isroil hududiga hujumlar uyushtirishini va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi