20:09 / 04.02.2024
226

Qozog‘istonda 11 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda 11 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati Yekaterinburg-Olmaota trassasida 11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Yekaterinburg-Olmaota avtomobil yo‘lining 1318-kilometrida, Birsuat qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Toyota Camry'ning 29 yoshli haydovchisi masofani saqlay olmagani va tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, oldinda ketayotgan Volkswagen Polo bilan to‘qnashib ketganini aniqlagan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. 5 nafar jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan zudlikda shifoxonaga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

1 fevral kuni Jambil viloyati Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining yopiq qismida 26 ta mashina to‘qnashgandi. Hodisaga yer muzlashi, ko‘rish imkoniyati cheklanishi, qor bo‘roni sabab bo‘lgan. 26 nafar fuqaro B. Momishuli qishlog‘ining tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafari reanimatsiyada. Jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo