Buyuk Britaniyada 285 yillik limon auksionda 1800 dollarga sotildi

Buyuk Britaniyada 285 yillik limon auksionda 1800 dollarga sotildi
Foto: Brettells
Angliyaning Nyuport shahridagi Brettells auksionida 285 yillik limon qariyb 1800 dollarga sotildi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar bermoqda.

Aylanasi besh santimetr bo‘lgan meva XIX asrga oid Xitoy sandig‘ining pastki tortmasidan topilgan. Unda “Janob P. Lou Franchini tomonidan 1739 yil 4 noyabrda Miss E. Baksterga sovg‘a qilingan”, deb yozilgan.
Buyuk Britaniyada 285 yillik limon auksionda 1800 dollarga sotildi
Foto: Brettells
Menimcha, bu Hindistondan olib kelingan oshiqning sovg‘asi”, — deydi auksion uyi rahbari Devid Brattell.

Dastlab lot 50–75 dollarga baholangan. Qizig‘i shundaki, limon topilgan sandiqning o‘zi kimoshdi savdosida atigi 40 dollarga taklif qilingan.
Buyuk Britaniyada 285 yillik limon auksionda 1800 dollarga sotildi
Foto: Brettells
Sandiqning bo‘yi 34 santimetrni tashkil qiladi, shunga qaramay, oltita tortma va pastki qismdan iborat.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar