
Qozog‘istonning prosud.kz. nashri yozishicha, Senat yo‘lagidagi norasmiy muloqotda jurnalistlar Sog‘liqni saqlash vaziri Akmal Alnazarovga Qozog‘istonda o‘limdan keyingi majburiy donorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinmi, deb savol berishgan.
Jurnalistlar bugunda organlarni ko‘chirish amaliyotini minglab qozog‘istonliklar kutayotganini ta’kidlashdi. Ammo odamlar donorlikni ko‘p ham xohlashavermaydi. Shu sababli Qozog‘istonda bu jarayonni majburiy qilish rejasi bormi, deya qiziqishdi.
– Aslida qonunchiligimizda Qozog‘istonda o‘limdan keyingi donorlik haqida aytilgan. Ehtimol, uni takomillashtirish kerakdir. Lekin, bu jarayon faqat qonunchilik bilan bog‘liq emas. Bu yerda aholining sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchi muhimroq, – dedi Akmal Alnazarov.
Uning aytishicha, o‘limdan keyingi donorlik amaliyoti rivojlanishiga aholi tayyor bo‘lishi kerak. Buning uchun esa tushuntirish ishlarini olib borish lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar