Ukraina yordamning qisqarishi fonida mojaroning muhim nuqtasida turibdi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti "Bloomberg" nashriga tayanib.
Jo Bayden Nyu-Yorkdagi mablag‘ yig‘ish marosimida Ukraina ittifoqchilari Kiyevni tashlab ketayotganidan xavotir bildirib, Ukraina mojaroning hal qiluvchi pallasida ekanini ta’kidladi.
"Biz nima qilyapmiz? Chekinyapmizmi?" – deya shikoyat qildi Amerika rahbari.
Dushanba kuni AQSH Senati chegara xavfsizligi, Ukraina va Isroilga yordam uchun pul ajratishni birlashtiradigan qonun loyihasini taqdim etdi. Umuman olganda, qonun loyihasi 118,28 milliard dollar ajratishni taklif qiladi, shundan 60,06 dollari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun.
Shu bilan birga, chegara xavfsizligini ta’minlash uchun 3 baravar kam – 20,2 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda. Prezident Jo Bayden qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Kongressni uni imkon qadar tezroq qabul qilishga chaqirdi.
Biroq taklif etilayotgan qonun loyihasi respublikachi siyosatchilarning qattiq tanqidiga uchradi. AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp aytganidek, bu “dahshatli” qonun loyihasiga faqat ahmoq yoki radikal chap qanot demokrat ovoz beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?