Singapurda ikki nafar yigitcha Pokemon Go o‘yini tufayli hibsga olindi

Singapur polisiyasi Pokemon Go o‘yini tufayli ikki kishini hibsga oldi, deb “TASS” xabar beradi.
Shahar markazlarining birida yo‘lovchi va haydovchi o‘rtasida mushtlashuv yuzaga kelgan. Yo‘ldan ketayotgan piyoda pokemon o‘yiniga kirib ketishi oqibatida, trassa o‘rtasida turib qolgan. Uning nari ketishini kutgan haydovchi jahli chiqib, norozilik bildirgan. Ikkala tomon o‘rtasidagi nizo mushtlashish darajasiga etib borgan. Voqea joyiga etib kelgan politsiya xodimlari esa mushtlashuvni to‘xtatgan. Hozirda bu mushtlashuvda ishtirok etganlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing