Foto: Forbes
Dunyodagi eng yirik Walmart savdo do‘koniga egalik qiluvchi Uolton sulolasi Forbes jurnalining AQSHdagi eng badavlat oilalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 1 milliard dollar avvalgidek erishib bo‘lmaydigan boylik emasligi sababli, Forbes 10 milliard dollardan ortiq qiymatga ega AQSH klanlarining reytingini tuzdi. Ba’zi mashhur oilalar, jumladan, Kennedilar va Gettilar, mazkur ro‘yxatga kiritilmadi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Uoltonlar oilasining boyligi 267 milliard dollarga baholangan. So‘nggi o‘n yil ichida sulola vakillari Walmart ning qariyb 22 milliard dollarlik aksiyalarini sotishgan, shuningdek, 11 milliard dollar xayriya qilishgan. Shunga qaramay, ulardan yetti nafari hanuzgacha chakana gigant aksiyalarining 45 foiziga egalik qiladi. Yettita sport klubi (jumladan, Los-Anjeles Rams va Arsenal) ham oilaning boyligiga hissa qo‘shadi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 117 milliard dollar boylik bilan Mars oilasi egalladi. Sulola Virjiniya shtatining Maklin shahrida joylashgan dunyodagi eng yirik qandolatchilik kompaniyasi; Marsning egasi hisoblanadi. Kompaniya M&Ms, Snickers, Ben’s Original Race va Pedigree it yemi kabi o‘nlab mashhur brendlarga egalik qiladi. Qayd etilishicha, 2022 yilda sulolaning daromadi 47 milliard dollarni tashkil qilgan.
Kuchli uchlikni Kox sulolasi yakunlab turibdi, uning boyligi 116 milliard dollar. Charlz Kox 1967 yilda otasi Fred vafotidan keyin 125 milliard dollarga baholangan (2022 yilda sotilgan) Koch Industries konglomeratini boshqardi. Charlz va uning akasi Devidning bevasi Yuliya Kox 42 foiz aksiyalarga egalik qiladi.
Shuningdek, reytingga Kargill-Makmillan sulolasi (60,6 milliard dollar), Jonson (44,8 milliard dollar, Fidelity Investments asoschisi), Pritsker (41,6 milliard dollar), Jonson (38,5 milliard dollar, S. C. Jonson asoschisi), Keti (33,6 milliard dollar), Dunkan (30 milliard dollar), Koks (26,8 milliard dollar) va boshqalar kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi