date

Ukraina sobiq generali G7 davlatlaridan siyosiy boshpana so‘radi

Ukraina sobiq generali G7 davlatlaridan siyosiy boshpana so‘radi
Foto: Ukraina xavfsizlik xizmati
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) sobiq generali Andrey Naumov “katta yettilik” davlatlaridan siyosiy boshpana so‘raganini aytdi. U Ukrainada firibgarlik va xizmat vazifasini suiiste’mol qilishda ayblanib, qidiruvga berilgan. Bu haqda “Kommersant’” xabar bergan.

Sobiq general BBC Ukraina xizmatiga bergan intervyusida kelajakda “adolatli sud” kafolatlangan taqdirda Ukrainaga qaytishini aytgan. U Serbiya sudining qarori yuzasidan ham, Ukrainadagi voqealar yuzasidan ham Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilmoqchi ekanligini, Ukrainada o‘ziga qo‘yilgan jinoyatlarda aybdor emasligini, ayblovni unga nisbatan obro‘sizlantirish va qasos deb hisoblashini ma’lum qilgan.

Naumov jinoiy yo‘l bilan olingan pullarni o‘zlashtirganlikda ayblanib jazo o‘tayotgan Serbiya qamoqxonasidan 2023 yilning dekabrida ozodlikka chiqqan edi. Serbiya sudi sobiq generalni Ukrainaga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan. Uning hujjatlari apellyatsiya jarayoni tugaguniga qadar olib qo‘yilgani sababli Serbiyani tark eta olmaydi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Naumovni “antiqahramon” deb atagan hamda general unvonidan mahrum qilgan. Shuningdek, sobiq general o‘z vatanida davlatga xiyonat qilishda ham ayblanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina sobiq generali G7 davlatlaridan siyosiy boshpana so‘radi