Turkiyada o‘zi bilmagan holda qotilga yordam bergan o‘zbekistonlik qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati.
Keltirilishicha, Istanbul shahrining Maltepa qamoqxonasida “ashyoviy dalillarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish” aybi bilan 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi D.A. saqlanmoqda. Bosh konsulxona xodimlari tomonidan u bilan tashkil qilingan suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilning sentyabr oyi oxirlarida 25 yoshli M.A. undan uyidagi chiqindilarni olib chiqishda yordam so‘ragan.
Bir nechta polietilen xaltalar va qoplar orasida katta gilam ham bo‘lib, D.A. va M.A. uni chiqindixonaga olib borib tashlagan. Biroq, D.A. gilam noodatiy tarzda og‘ir ekanini payqab qolib, M.A.dan gilamning ichida nima borligini so‘raganida M.A. gilam ichida turli chiqindilar bor, deb javob bergan va darhol voqea joyidan qochib ketgan.
Keyinchalik ushbu gilam ichida Turkiya fuqarosining jasadi bo‘lgani aniqlanib, har ikkala vatandoshlar politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda M.A. “qasddan odam o‘ldirish”, D.A. esa “ashyoviy dalillarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish” aybi bilan tergovga jalb etilgan.
Hozirda fuqaro D.A.ga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Fuqaro M.A. esa konsullik-huquqiy yordamdan voz kechib, Bosh konsulxona xodimlari bilan uchrashishdan bosh tortmoqda.
“Har holda, bu fuqaro M.A.ning begunoh bir inson hayotining ostun-ustun bo‘lib ketishiga sabab bo‘lgan nomaqbul qilmishi uchun pushaymonligidan darak bo‘lsa kerak.
Hurmatli vatandoshlar, har qanday vaziyatda, ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda dastavval holatni chuqur o‘rganib, so‘ngra qaror qabul qilishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?