17:55 / 15.02.2024
475

Shveysariya nega Qirg‘izistondan oltin sotib oladi?

Shveysariya nega Qirg‘izistondan oltin sotib oladi?
Foto: AP Photo
Oltin Qirg‘iziston va Shveysariya o‘rtasidagi o‘zaro savdoning asosiy elementi hisoblanadi. Bu haqda Shveysariya konfederatsiyasi elchisi, doktor Olive Bangerter “AKIpress” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz oltiniga bunday qiziqishning ikki sababi bor:

Birinchidan, Qirg‘iziston Milliy banki o‘z oltinining bir qismini xalqaro bozorlarda sotish va chet el valyutasini olish uchun Shveysariya moliya institutlaridan foydalanadi. Keyinchalik bu mablag‘lar davlat qarzini to‘lash va somni mustahkamlash uchun intervensiyalarni amalga oshirishda sarflanadi.

Ikkinchidan, Shveysariyada soat va zargarlik sektori mavjud va buning uchun unga oltin kerak. Shuning uchun bu sohada faoliyat yuritayotgan har qanday kompaniya imkoni boricha oltin sotib oladi va Qirg‘iziston ham shunday imkoniyatlardan biridir.

Menda 2023 yil uchun yakuniy raqamlar hali yo‘q, ammo yanvar—noyabr oylarida Shveysariya 12,7 tonna oltin sotib oldi”, — dedi u.

2023 yilning o‘n oyida Qirg‘iziston 805,4 million dollarlik 12,8 tonna oltin eksport qildi. Bir oy davomida bu ko‘rsatkich 2,9 tonnaga oshgan. Qimmatbaho metallar eksportining asosiy hajmi Shveysariyaga to‘g‘ri keladi. U yerga 665 million dollarga 10,6 tonna oltin yetkazib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo